ARCHA ZLATKASI (Anthaxia conradti Sem.) - Markaziy Osiyo archa zonasida keng tarqalgan bo‘lib, dengiz sathidan 3000 metrgacha balandlikda uchrab turadi. Archaning barcha turlariga zarar yetkazadi. O‘zlarining o‘rnashishi uchun yaxshi yoritiladigan, quyosh bilan isitiladigan, tashqi daraxtlarni, shuningdek zaiflashgan, yaqinda kesilgan daraxtlarni, ayniqsa ingichka butoqlarni afzal ko‘radilar. Zlatkalar zaiflashgan daraxtlarga yaqin joylashgan pastki shoxlardan o‘rnashishni boshlaydi. Ular yuqorigi shoxlarga o‘rnashib sekin-asta shox-butoqlarning tepasiga yetadi. Shu bois zlatka tomonidan egallangan daraxt pastdan tepaga qarab quriydi. Manba: O‘rmon entomologiyasi. 2022.
English
Русский
Deutsch
Prev Article