ALMASHLAB EKISH – bu daraxt va buta turlarining ko‘chatlari va shudgor maydonlarini davriy ravishda navbatma-navbat ekishdir. Ma’lum bir davr ichida, almashlab ekish dalasida belgilangan barcha daraxt turining yetishtirilish vaqti almashlab ekish rotatsiyasi deyiladi. Almashlab ekishda ko‘chatzorning ishlab chiqarish qismidagi yer maydonlari aniq miqdordagi teng kattalikka ega bo‘lgan dalalarga bo‘linadi. Almashlab ekishlar ko‘chat sifatini oshirishga, tuproqni o‘simlik uchun zarur bo‘lgan organik va mineral moddalarga boyishiga, kasallik, zararkunanda hamda yovvoyi o‘tlarning ko‘payishini oldini olishga qaratilgan bo‘ladi. Ushbu almashlab ekishda uchta maydon (dala) uch yil tutiladigan o‘t o‘simliklarga, sakkizta dala ko‘chat yetishtirishga va bir dala qishloq xo‘jalik ekinlariga (dukkakli ekin, masalan: kartoshka, mosh) ajratiladi. Manba: Madaniy o‘rmonlar. 2008.
English
Русский
Deutsch
Prev Article