ARCHA PO‘STLOQXO‘RI (Phloeosinus turkestanicus Sem.) - archa va qora archaga zarar yetkazadi. Qo‘ng‘izlar yosh shoxlarda, kurtaklar oldidagi po‘stloqni kemirib oziqlanadilar va daraxtga zarar yetkazadilar. Ko‘pincha zararlangan shoxlar sinib tushadi. Daraxtning qobig‘i siyraklashadi, daraxt zaiflashganda ignabarglar to‘kiladi. Odatda qo‘ng‘izlar yosh novdalar po‘stlog‘iga kirib oladi va yog‘och bilan oziqlanadi, po‘stloqqa tegmaydilar. Shu bois shikastlangan novdalar yarim naysimon ko‘rinish kasb etadi. O‘z o‘rnashishi uchun qo‘ng‘izlar qorong‘i joylarni afzal ko‘radilar, ko‘pchiligi zaiflashgan daraxtlarning pastki qismida, toza kesilgan daraxtlar yoki shoxlarida o‘rnashadilar. Generatsiya bir yillik. Archa po‘stloqxo‘ri rivojida parazitlar va yirtqichlar muhim ahamiyatga ega. Manba: O‘rmon entomologiyasi. 2022.
English
Русский
Deutsch
Prev Article