AVLOD (lotincha generatio - tug‘ilish), umumiy ajdodlarga nisbatan qarindoshlik darajasi bir xil bo‘lgan populyatsiyadagi shaxslar guruhi (masalan, odamning ota-onasi, bolalari va nabiralari, ketma-ket uchta avlod), ya’ni avlodning bevosita ajdodlari hisoblanadi. Avlod bir vaqtning o‘zida rivojlanayotgan bir xil turdagi individlar guruhiga, masalan, hasharotlar avlodiga ham tegishli bo‘ladi. Populyatsiyaga nisbatan ular bir mavsumda 2 yoki 3 avlod rivojlansa, ikki yoki uch avlod tushuniladi. Agar bir avlod yiliga rivojlansa, avlodning umr ko‘rish davomiyligi ma’lum iqlim sharoitida har bir tur individlarining o‘rtacha reproduktiv yoshiga to‘g‘ri keladi va o‘zgarib turadi. Bir qator oddiy organizmlarda bir necha soat, ko‘p hujayrali hayvonlarda bir necha o‘n yillar, ba’zi daraxtlarda o‘nlab yildan bir necha ming yilgacha davom etadi. Masalan, bu holatni sekvoyya, tiss daraxtlarida kuzatish mumkin. Manba: Энциклопедия лесного хозяйства. 2006.
English
Русский
Deutsch
Prev Article