Atrof-muhit (insonni qamragan) - odamlarga va ularning xo‘jaligiga birgalikda va bevosita ta’sir etuvchi abiotik, biotik va ijtimoiy muhitlar majmuasi. Atrof muhit tushunchasi atrof tabiiy muhit tushunchasidan birmuncha kengroqdir, chunki u o‘z ichiga ijtimoiy hamda texnogen muhitlarni (uylar, korxonalar, yo‘llar va sh.o‘.) ham qamrab olgan tushunchadir. Manba: Ekologik madaniyat bo‘yicha o‘zbekcha izohli lug‘at. 2024.
English
Русский
Deutsch
Prev Article