AJOYIB BO'ZBOSH

AJOYIB BO‘ZBOSH (Dracocephalum formosum Gontsch) Hisor tizmasidagi kam uchraydigan endemik o‘simlik. Bo‘yi 15-40 sm keladigan ko‘p yillik o‘t. Iyul-avgustda gullab, mevasi avgust-sentyabrda yetiladi. Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari: Hisor tizmasi (Qizilsuv daryosi havzasi Qizilgaza dovoni, Chulbayir tog‘i va To‘palang daryosi havzasi) da tarqalgan. Tojikistonda ham uchraydi. Tog‘lardagi daryo va irmoqlarning yoqalarida hamda buloqlarning atroflarida o‘sadi. Kam tarqalgan, faqat yettita joyda borligi aniqlangan. Urug‘idan ko‘payadi. Chorva mollarining buloq atroflarida va daryo bo‘ylarida ko‘plab boqilishi. Hisor davlat qo‘riqxonasida muhofaza qilinadi. O‘simlikni yulish yoki qazib olishni taqiqlash hamda madaniylashtirish maqsadida uning biologik xususiyatlarini o‘rganish zarur. Manba: O'zbekiston Respublikasining Qizil kitobi. 2016.

Prev Article

AGROTЕXNIKA

Next Article

AKANT