ANTROPOGЕN OMIL

ANTROPOGЕN OMIL – Insonning tabiatga o‘tkazadigan ta’siri antropogen omil hisoblanadi. Yer yuzida inson paydo bo‘lishidan boshlab, u tabiatga o‘z ta’sirini o‘tkazib kelmoqda. O‘simlik dunyosi insoniyatga doimo oziq-ovqat, qurilish materiallari va dorivor vositalar yetkazib bergan, shu sababli ham insoniyat hayoti o‘simlik dunyosi bilan chambarchas bog‘liqdir. Inson o‘z faoliyati davomida o‘simlik dunyosiga son va sifat jihatdan yaxshilash maqsadida ongli ta’sirini o‘tkazadi. Inson ming yillar davomida o‘simlik dunyosidan yangi shakllarni tanlab olgan, yangi madaniy navlar va  turlarni yaratgan. O‘rmondagi foydasi kamroq daraxt turlari kesib tashlangan, o‘rniga foydali daraxt turlari ekilgan. Bu jarayon tropik o‘rmonlarda jadal ketmoqda, tropik o‘rmonlar kesib tashlanmoqda, o‘rniga kofe, kakao, gvozdika, murch, qizil daraxt, geveya kabi qimmatli daraxt plantatsiyalarini barpo etilmoqda. Manba: Dendrologiya. 2012.