ANGRЕN TANGAO‘TI (Hedysarum angrenicum Korotkova) G‘arbiy Tyan-Shanning Chotqol tizmasida uchraydigan kamyob endemik o‘simlik. Bo‘yi 20 sm ga yetadigan poyasiz, qishda yer usti qismlari qurib qoladigan ko‘p yillik o‘t. Iyun oyida gullab, mevasi iyul-avgustda yetiladi. Toshkent va Namangan viloyatlari: Chotqol tizmasi (Ohangaron daryosi havzasi) va Farg‘ona vodiysi (Oqsuv va Qorasuv daryolari havzalari)da tarqalgan. Tog‘larning o‘rta qismidagi toshli shimoliy yonbag‘irlarda o‘sadi. Yakka-yakka holda uchraydi. Urug‘idan ko‘payadi. Chorva mollarining haddan tashqari ko‘p boqilishi tufayli o‘simlikning urug‘ berishi pasayib ketgan. Muhofaza qilinmaydi. Manba: O'zbekiston Respublikasi Qizil kitobi. 2016.
English
Русский
Deutsch
Prev Article