AMUR BAXMALI

AMUR BAXMALI (phellodendron amurense rupr.) – rutadoshlar (Rutaceae) oilasiga mansub, bo‘yi 10–30 m gacha yetadigan daraxt. Primorye va Xabarovsk o‘lkalari hamda Janubiy Saxalindagi tekislik va tog‘ o‘rmonlarida o‘sadi. Tibbiyotda daraxt po‘stlog‘i (lub qismi) ishlatiladi. Tarkibida alkaloidlar (berberin, palmitin, fellodenin), kumarinlar, saponinlar, flavonoidlar bor. Po‘stlog‘ining tolasi (lub qismi)dan berberin alkaloidi olinadi. Tolasi og‘riq qoldiruvchi, balg‘am ko‘chiruvchi, antiseptik vosita sifatida hamda shamollash kasalliklarida qo‘llaniladi. Manba: Qishloq xo‘jaligiga oid atamalarning izohli lug‘ati. 2023.

Next Article

AMUR TOKI