AMUDARYO OQTO'SHASI

AMUDARYO OQTO‘SHASI (Phlomoides transoxana (Bunge) Salmaki) Qizilqumda uchraydigan kamyob endemik o‘simlik. Bo‘yi 25-40 sm ga yetadigan ko‘p yillik o‘t. May oyida gullab, mevasi iyunda yetiladi. Buxoro va Navoiy viloyatlari: Markaziy va Janubiy Qizilqumda tarqalgan. Qoldiq tog‘lar atroflarida uncha mustahkamlanmagan qumlarda o‘sadi. To‘rtta joyda (Oytim, Jiriq, O‘g‘iz, Segetti quduqlari atroflari)da ma’lum. Bu yerda ular kichik-kichik maydonlarda to‘p-to‘p bo‘lib o‘sadi. Urug‘idan ko‘payadi. Tugunagi mahalliy aholi tomonidan dorivor ashyo sifatida ishlatiladi. Maxsus muhofaza choralari ishlab chiqilmagan. Manba: O'zbekiston Respublikasining Qizil kitobi. 2016.

Prev Article

AMPELOMETRIYA

Next Article

AMUR BAXMALI