ACHCHIQ BODOM (Amygdalus bucharica Korsh.) asosan Pomir – Oloy va Markaziy Tojikistonda tarqalgan. U asosan archa, zarang, xandon pista bilan birgalikda o‘sadi, qurg‘oqchilikka chidamli. Shu sababli ushbu bodom turi o‘rmon melioratsiyasi uchun istiqbolli tur hisoblanadi. Fevral oxirida juda erta gullaydi. Ildiz tizimi tuproqning 1 metrgacha bo‘lgan qatlamda rivojlanadi, 2 metrdan ortiq chuqurlashmaydi. Ildizi barcha kserofit o‘simliklarniki kabi birinchi yildayoq 80-150 sm gacha o‘sadi va sovuqlardan zararlanmaydi. Tabiatda asosan urug‘lari orqali ko‘payadi. Achchiq bodom asosan yirik bodom navlari uchun payvandtag vazifasini bajaradi, hatto unga shaftoli va olxo‘rini payvand qilish mumkin. Manba: Dendrologiya. 2012.
ACHCHIQ BODOM