ALBЕRTA EKZOXORDASI (Exochorda albertii Rgl.) bo‘yi 2-4 m ga yaqin buta. U may oyida gullaydi. Alberta ekzoxordasi yorug‘sevar, qurg‘oqchilikka va sovuqqa chidamli o‘simlik. Yer tanlamaydi, urug‘dan yaxshi ko‘payadi. Joylarni ko‘kalamzorlashtirish maqsadida to‘da-to‘da qilib ekish mumkin. G‘arbiy Tyan-shanda tarqalgan ekzoxordaning yana bir turi – Tyan-Shan ekzoxordasi (Exochorda tianschanica Rgl.) turi barcha xususiyatlariga ko‘ra yuqorida tasvirlangan turga yaqin, biroq u kichik buta. Zararli hasharotlar ta’siriga va kasalliklarga chidamli. G‘arbiy Tyan-Shanda ekzoxordaning ushbu turi tog‘ o‘rmonlarida pastki yaruslarda keng tarqalgan. Manba: Dendrologiya. 2012.
English
Русский
Deutsch
Prev Article