ALBERT QISRONI (Wikstroemia alberti (Regel) Domke) Pomir-Oloy va G‘arbiy Tyan-Shan tog‘larida uchraydigan kamyob tur. Bo‘yi 1,5 m ga yetadigan buta. Iyun-iyul oyida gullab mevasi iyul-avgustda yetiladi. Toshkent, Namangan va Surxondaryo viloyatlari: G‘arbiy Tyan-Shan (Chotqol, Piskom, Qurama tizmalari) va Pomir-Oloyda (Hisor tizmasining janubiy yonbag‘ri, Boysun tog‘lari)da tarqalgan. Tojikiston va Qirg‘izistonda ham uchraydi. Archazorlar orasida, sernam va yumshoq tuproqlarda o‘sadi. Kam uchraydi, kichik tuplar hosil qiladi. Urug‘idan ko‘payadi. Chotqol davlat biosfera qo‘riqxonasi va Ugom-Chotqol milliy tabiat bog‘ida muhofaza qilinadi. Manba: O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobi. 2016.
English
Русский
Deutsch
Prev Article