AGROO‘RMON MЕLIORATIV FONDI - noqulay iqlim omillaridan himoyalanish, tuproq-gidrologik sharoitlarni yaxshilash, biologik mahsuldorlikni oshirish, uy hayvonlari, inson hayoti va mehnati uchun qulay sharoit yaratishga muhtoj bo‘lgan qishloq va o‘rmon xo‘jaligi hududlari majmuidir. Bundan tashqari, agroo‘rmon xo‘jaligi fondiga qishloq xo‘jaligida foydalanilmaydigan qishloq xo‘jaligi yerlari ham kiradi. Markaziy Osiyoning tog‘li hududi 58 mln gektar maydonni egallaydi. O‘zbekiston tog‘ o‘rmon fondi yerlari 1337 ming gektarni tashkil qiladi. Shundan 280.3 ming gektar maydoni o‘rmon bilan qoplangan maydon hisoblanadi. Agroo‘rmon xo‘jaligining asosiy maqsadlari tabiiy rejimlarning izchil buzilishini oldini olish va barqarorlashuvini ta’minlashga qaratilgan agrotexnik tadbirlar hisoblanadi. Manba: O‘rmonchilik. 2010.
English
Русский
Deutsch
Prev Article