ADVЕNTIV TURLAR

ADVЕNTIV TURLAR (lotincha adventicius — yangi kelgan, begona) – o‘simliklar turiga tasodifan tushib qolgan turlardir. Ular ma’lum hududga xos bo‘lmagan, lekin inson faoliyati tufayli tarqalgan tirik organizmlar turlaridir. Tarqalish darajasi va kirish usuliga ko‘ra, ular 2 guruhga bo‘linadi. Birinchi guruhga ataylab kiritilgan turlar, ya’ni madaniy o‘simliklar kiradi. Masalan, kartoshka, makkajo‘xori va tamaki boshqa hududlarda faqat Amerika kashf etilgandan keyin paydo bo‘ldi. Xitoy va Hindistonda tug‘ilgan kalamus (Acorus calamus) Yevropadagi botanika bog‘larida bezak sifatida yetishtirilgan. Kalamus birinchi marta Rossiyaga tatarlar tomonidan olib kelingan. Kalamus suv havzalarida o‘suvchi ko‘p yillik o‘simlik hisoblanib, daryo qirg‘oqlarida tezda ildiz otib ketgan.  Buzinaning vatani (Sambucus racemosa) g‘arbiy Yevropa hisoblanib, Rossiyada u manzarali o‘simlik sifatida o‘stirilgan, keyinchalik qushlar tomonidan turli hududlarga tarqatilgan. Nurli qarag‘ay (Pinus radiata) dastlab Kaliforniyadagi (AQSH) Monterey hududiga endemik tur bo‘lgan, hozirda Chili, Avstraliya va Yangi Zelandiyada yetishtiriladi. XX asrning 30-50-yillarida hayvonlarni introduksiya qilish bo‘yicha keng ko‘lamli tajribalar salbiy oqibatlarga olib kelgan. Masalan, Amerika norkalarining Yevropa Rossiyasining o‘rmon zonalariga tarqalishi Yevropa norkalarining ko‘chishiga sabab bo‘lgan. Ikkinchi guruhga tasodifan kiritilgan turlar kiradi. Transportlar oqimining oshishi bilan o‘simliklarning tarqalishi osonlashadi. Juda ko‘p adventiv turlar daryo bo‘yida, vokzal va portlar yaqinida, omborlar atrofida topilgan. Dunyoning istalgan mintaqasi florasida turlarning muhim qismi begonadir. Manba: Энциклопедия лесного хозяйства. 2006.