ABIOGEN LANDSHAFT

Abiogen landshaft – tirik materiyaning deyarli ta’sirisiz vujudga kelgan landshaft. Abiogen landshaftga shartli ravishda (hayot Yer yuzining hamma joyida u yoki bu tarzda namoyon bo‘lgani sababli) Antarktidaning markaziy qismi, Grenlandiya muz qalqoni, Himolayning eng baland cho‘qqilari, lava ko‘llari kiritiladi. Abiogen landshaft tirik organizmlar ta’sirida shakllangan biogen landshaft bilan taqqoslanadi. Manba: Ekologik madaniyat bo‘yicha o‘zbekcha izohli lug‘at. 2024.